O'zbekiston

Rasul Kusherbayevning aliment ishi sudda ko‘riladi

Oliiy sud matbuot xizmatining zamon.uz'ga maʼlum qilishicha, 15 avgustda bo‘lib o‘tadigan sud tomonlarning roziligiga ko‘ra, ochiq yoki yopiq tarzda o‘tkaziladi

Rasul Kusherbayevning aliment ishi sudda ko‘riladi

Avvalroq sobiq deputat va hozirda Ekologiya vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortayotgani haqida xabar berilgandi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda. Holat bo‘yicha Oliy Sud matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga 2025 yil 26 iyun kuni arizachi Sh. I. ariza bilan murojaat qilib, qarzdor R. K.dan voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun sud buyrug‘i chiqarishni so‘ragan.

 

Mazkur sudning 2025 yil 28 iyundagi sud buyrug‘i bilan bilan arizachi Sh. I.ning arizasi qanoatlantirilgan. Unga ko‘ra qarzdor R. K.dan undiruvchi Sh. I.ning foydasiga bir nafar 2023 yil 5 oktyabr kuni tug‘ilgan M. K. ismli voyaga yetmagan qiz farzandining taʼminoti uchun 2025 yil 28 iyundan boshlab u voyaga yetgunga qadar har oy jami daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

 

Shuningdek, qarzdor R. K.dan undiruvchi Sh. I.ning foydasiga pochta xarajati va qarzdordan davlat foydasiga davlat boji undirilishi belgilangan.

 

Shundan so‘ng qarzdor R. K. sudning 2025 yil 28 iyundagi sud buyrug‘idan norozi bo‘lib, 2025 yil 21 iyul kunida mazkur buyruqqa nisbatan eʼtiroznoma keltirgan.

 

Sud Fuqarolik protsessual kodeksining 181-moddasiga ko‘ra va boshqa qonuniy talablardan kelib chiqib, ushbu sudning 2025 yil 23 iyuldagi ajrimi bilan R. K.ning aliment undirish haqidagi sud buyrug‘ini bekor qilish haqidagi arizasini qanoatlantirgan.

 

Shundan so‘ng daʼvogar Sh. I. fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga 2025 yil 5 avgust kuni javobgar R. K.ga nisbatan aliment undirish haqidagi daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.

 

Ushbu dʼvo ariza yuzasidan fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, ish yurituviga qabul qilingan. Fuqarolik ishini sud majlisida ko‘rib chiqish 2025 yil 15 avgust kuniga soat 16:00 ga tayinlangan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Rasul Kusherbayevning aliment ishi sudda ko‘riladi | Zamon.uz