O'zbekiston

Samarqandda tadbirkorlar yalang‘ochlanib, qiynoqqa solindi

Ular turli tuhmatlar bilan olib ketilib, MCHJ binosida kaltaklangan.

Samarqandda tadbirkorlar yalang‘ochlanib, qiynoqqa solindi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida tadbirkorlarni urib, qo‘rqitib ulardan pul talab qilib kelgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 1983 yili tug‘ilgan, muqaddam 5 marotaba sudlangan fuqaro Jahongir Abdurahimov o‘zining jinoiy sherigi — 1996 yili tug‘ilgan Bobur Abidov bilan birgalikda jinoiy yo‘l bilan moddiy daromad orttirish maqsadida tadbirkorlarga turli tuhmatlar uyushtirib, ularga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazib kelayotganligi to‘g‘risida tezkor maʼlumotlar olingan.

 

Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida Jahongir Abdurahimov o‘ziga tegishli MCHJ binosiga tumanda yashovchi fuqarolarni turli tuhmatlar bilan olib kelib, ularni yalang‘ochlab urib-do‘pposlagani, ushbu holatda video tasvirga olganligi va ularni turli ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish bilan tahdid qilib jabrlanuvchilardan pul yoki boshqa  moddiy qiymatliklarni qo‘lga kiritib kelgani aniqlangan. 

 

Hozirda holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda tadbirkorlar yalang‘ochlanib, qiynoqqa solindi | Zamon.uz