O'zbekiston

Toshkentdagi MIB binosida fuqarolar janjal ko‘tardi

MIB axborot xizmati holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Toshkentdagi MIB binosida fuqarolar janjal ko‘tardi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar Uchtepa tumani MIB binosida fuqarolar va xodimlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani aytilgan videolar tarqalgandi. Holat bo‘yicha MIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Xamdamovdan undiruvchi O.Xamdamova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari taʼminoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Uchtepa tuman bo‘limiga ijro etish uchun qabul qilingan.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklari aniqlanmagan va uning xorijga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

 

O‘z navbatida, undiruvchi O.Xamdamova davlat ijrochilariga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor A.Xamdamov aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotganligini bildirgan.

 

Shundan so‘ng Oila Kodeksining 140-moddasiga asosan qarzdorning aliment to‘lovidan qarzdorligi hisoblanganda 1 avgustiga qadar jami 10 mln 737 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Qarzdor A.Xamdamov ogohlantirilishga qaramay mazkur qarzdorlikni bartaraf etmaganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar, jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborilgan va sudning 14 avgust kungi qaroriga asosan qarzdor A.Xamdamov O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Joriy yilning 15 avgust kuni Byuroning Uchtepa tuman binosiga ijro hujjatiga taalluqli bo‘lmagan bir necha fuqarolar uyali aloqa vositalari bilan kelib, qarzdor A.Xamdamovni nohaq 15 sutka qamalganini, uning ayoli aslida farzandlari tarbiyasiga beeʼtiborligini bildirib, xodimlarga nisbatan qo‘pollik qilib, janjal ko‘tarishgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi MIB binosida fuqarolar janjal ko‘tardi | Zamon.uz