Siyosat

Zelenskiy Ukrainani bermadi

Tramp Ukraina masalasi bo‘yicha “katta bitim” tuzishini bildirib, Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvni tashkillashtirishni boshladi.

Zelenskiy Ukrainani bermadi

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Donald Tramp Zelenskiyni Oq uyda tantanali kutib oldi. Bu safar Ukraina prezidenti avvalgi uchrashuvdagi xatolarini takrorlamaslikka harakat qildi: Trampni bir necha bor minnatdorlik bilan tilga oldi va diplomatik ohangni saqlashga intildi. Suhbat davomida Tramp Ukraina mojarosini hal qilishda asosiy maqsad uzoq muddatli tinchlik ekanini aytdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

 

Matbuot uchun ochiq qismda Zelenskiy Trampga rafiqasi Olenaning Melaniya Trampga yo‘llagan maktubini topshirdi. Keyinchalik ikki rahbar Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar aks etgan katta xarita ustida muhokama olib bordi. Oq uy rasmiysi Trampning Putin bilan 40 daqiqa telefon orqali gaplashganini tasdiqladi.

 

Yevropa yetakchilari ham ishtirok etgan kengaytirilgan uchrashuvda Zelenskiy Putin bilan ehtimoliy uch tomonlama muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa bunday uchrashuv faqat o‘t ochishni to‘xtatish sharti bilan o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidladi. Germaniya kansleri Fridrix Merzning so‘zlariga ko‘ra, Putin ikki hafta ichida Zelenskiy bilan uchrashishga rozilik bildirgan.

 

Uchrashuvning eng muhim natijasi sifatida Ukraina xavfsizligi uchun yangi kafolatlar bo‘yicha kelishuv yo‘lga qo‘yildi. Zelenskiy Yevropa mablag‘lari hisobidan 90 milliard dollarlik Amerika qurollarini sotib olish va dron ishlab chiqarish loyihasini muhokama qilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish variantini qat’iyan rad etdi.

 

Tramp esa Ukraina masalasi bo‘yicha “katta bitim” tuzish niyatini bildirib, Putin bilan Zelenskiy o‘rtasida tarixiy uchrashuv tashkil etishga urinayotganini aytdi. Shu tariqa, Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar Ukraina urushini tugatish yo‘lida muhim bosqich sifatida qayd etildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Zelenskiy Ukrainani bermadi | Zamon.uz