O'zbekiston

Bog‘cha ochmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Endilikda maktabgacha ta’lim qamrovi 70–80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar joriy etilmoqda.

Bog‘cha ochmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

So‘nggi sakkiz yil davomida mamlakatimizda ta’lim sohasida xususiy sektor faol rivojlanib, natijada 31 mingdan ortiq xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 645 ta xususiy umumta’lim maktabi tashkil etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

 

Endilikda maktabgacha ta’lim qamrovi 70–80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar joriy etilmoqda.

 

Unga ko‘ra:

 

bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar qurishga ruxsat etiladi;

 

yer uchun ijara to‘lovi 30 yil davomida undirilmaydi;

 

davlat bog‘chalarida bir bola uchun ajratiladigan xarajatlarning yarmi tadbirkorlarga subsidiyalanadi.

 

Shuningdek, boshqa joylarda bog‘cha tashkil etishni istagan tadbirkorlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

 

7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha 18 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratiladi;

 

faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi;

 

ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;

 

tarbiyachilarning maoshi uch yilgacha davlat tomonidan qoplab beriladi.

 

Mazkur choralar xususiy ta’lim muassasalari ulushini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bog‘cha ochmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi | Zamon.uz