O'zbekiston

“Islom sivilizatsiyasi markazida ishlar jadal davom ettirilmoqda”

Kechagi yong‘indan so‘ng markazdagi vaziyat bo‘yicha maʼlumot berildi.

“Islom sivilizatsiyasi markazida ishlar jadal davom ettirilmoqda”

Kecha, 19 avgust kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binolaridan birining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish jarayonida texnologik qoidalar buzilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgandi.

 

Hodisa natijasida binoning 19 kvadrat metr tom qismi zararlangani, fuqarolar jabr ko‘rmagani hamda ichki qismi mutlaqo shikastlanmagani haqida xabar berilgandi.

 

Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea yuzasidan turli asoslanmagan yolg‘on fikr va munosabatlar bildirilmoqda. Xususan, yong‘in sodir bo‘lgan paytda majmuada Markaz xodimlari faoliyat olib borayotgani, noyob artefaktlar zararlangani haqida haqiqatga zid xabarlar ham tarqalmoqda. Mazkur xabarlarga Islom Sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, hozirgi paytda majmuada qurilish ishlari yakunlanmagani bois Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari hali binoga ko‘chib o‘tishmagan.

 

Mazkur binoda hech qanday tarixiy eksponatlar, jumladan, Kaʼba yopinchig‘i joylashtirilmagan. Markazning muzey ekspozitsiyasi uchun olib kelingan barcha noyob artefaktlar alohida nazorat ostida xavfsiz joyda, boshqa binoda saqlanmoqda.

 

Yangi majmua hozircha qabul qilinmagan va rasmiy ravishda foydalanishga topshirilmagan. Shu sababli majmua binosida Markaz xodimlari ish olib borayotgani yo‘q.

 

“Islom sivilizatsiyasi markazi fuqarolarimizning milliy meros va muqaddas qadriyatlarga bo‘lgan eʼtibor va tashvishini yuksak qadrlaydi. Hozirda qurilish jarayonlari tegishli tashkilotlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan, ishlar rejaga muvofiq davom ettirilmoqda va yakuniga yetkazilishi arafasida”, deyiladi rasmiy izohda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Islom sivilizatsiyasi markazida ishlar jadal davom ettirilmoqda” | Zamon.uz