Siyosat

Iordaniya podshohi “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi

Samarqandda oliy martabali mehmonlarga milliy hunarmandchilik va san’at namunalari ko‘rsatildi.

Iordaniya podshohi “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida oliy martabali mehmon xalqimizning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchilik va amaliy san’at namunalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalarni tomosha qildi. Shuningdek, milliy raqs va musiqa jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.

 

Mazkur majmua hududida xalqimiz tarixining ramzlari, mamlakatimiz shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarning me’moriy nusxalari barpo etilgan. Unda nafaqat milliy an’analar, balki O‘zbekistonning turli xalqlar va do‘st mamlakatlar bilan uzoq yillik hamkorlik tarixi ham o‘z aksini topgan.

 

Mazmunan boy ekspozitsiyalar va tarixiy hamda bugungi kun uyg‘unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Iordaniya sammitining asosiy tadbirlari, jumladan, oliy darajadagi muzokaralar 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.