Sentyabrdan maktab direktorlarining oyligi oshiriladi
Ularning bazaviy tarif stavkasi 20 foizga ko‘tariladi.

O‘zbekistonda maktablar va bog‘chalar rahbarining oyligi oshirilmoqda. Bu joriy yil mart oyida qabul qilingan prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab maktab direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, maktab direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi.
Shuningdek, I va II guruhga kiruvchi bog‘cha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi maktab direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi, yaʼni oshiriladi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab, maktablarning direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.







