Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda strategik sheriklik masalalari, yirik investitsiya loyihalari va ta’lim sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon Yaponiya Bosh vaziri Shigeru Isibaning samimiy salomi hamda O‘zbekiston Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabriklarini yetkazdi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. O‘zaro muloqotlar faol yo‘lga qo‘yilgani hamda amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan bugun ikki davlat tashqi ishlar vazirlari darajasida ilk bor o‘tkazilgan Strategik muloqot yig‘ilishi yuqori baholandi.

 

Bugungi kunda ikki tomonlama savdo hajmi ortib bormoqda, Yaponiya kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 17-avgust kuni Osaka shahrida “EXPO 2025” butunjahon ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy kuni muvaffaqiyatli o‘tgani ta’kidlandi.

 

Uchrashuvda siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamda madaniy-gumanitar sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston-Yaponiya markazi faoliyatini kengaytirish va kelgusida uning negizida Yaponiya yetakchi universitetlari ishtirokida qo‘shma universitet tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

 

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, jumladan, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi bo‘lajak sammitni o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi | Zamon.uz