Jahon

Tezlikni oshirgan vazir jarimaga tortildi

U tezlikni 225 km/soatgacha oshirgani maʼlum bo‘ldi.

Tezlikni oshirgan vazir jarimaga tortildi

Turkiya transport vaziri Abdulqodir O‘rolo‘g‘li avtomobilida tezlikni oshirgani uchun jarima to‘ladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, vazir avtomashinani boshqarayotganda tezlik meʼyoridan oshgan. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lganidan so‘ng, u politsiyaga o‘zi murojaat qilib, jarima to‘laganini maʼlum qildi.

 

O‘rolo‘g‘li X ijtimoiy tarmog‘ida Anqara–Nig‘de yo‘li bo‘ylab safar vaqtidagi videoni eʼlon qildi. Unda avtomobil tezligi 225 km/soatga yetgani ko‘rinadi, holbuki qonun bo‘yicha bu yo‘lda cheklov 140 km/soat.

 

Videolavha tezda tarqaldi va yo‘l harakati xavfsizligi uchun masʼul amaldorning bunday xatti-harakati keng tanqidga uchradi.

 

O‘rolo‘g‘lining aytishicha, u shaxsan politsiyaga borib, qoidabuzarlikni tan olgan va 9267 lira (230 dollar) miqdorida jarima to‘lagan. Shuningdek, u qonun barcha uchun teng ekanini, vazirlar ham istisno emasligini taʼkidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tezlikni oshirgan vazir jarimaga tortildi | Zamon.uz