Jahon

Avstriyada 14 yoshgacha bo'lgan qizlarga hijob taqiqlanishi mumkin

Yangi tartib o‘quvchilarga psixologik yordam va ota-onalar bilan suhbatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Avstriyada 14 yoshgacha bo'lgan qizlarga hijob taqiqlanishi mumkin

Avstriya hukumati joriy yilning kuzidan boshlab 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi qizlar uchun maktablarda hijob kiyishni taqiqlash bo‘yicha qonuniy tashabbusni ilgari surmoqda.

 

Bu haqda mamlakat Yoshlar, oila, Yevropa Ittifoqi va integratsiya vaziri Klaudiya Plakolm APA axborot agentligiga bergan izohida ma’lum qildi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, mazkur qaror diniy e’tiqod masalasidan ko‘ra, yosh bolalar uchun “ro‘molning o‘rni yo‘qligi” bilan izohlanmoqda. Shuningdek, u Islom dinida ham balog‘atga yetmagan qizlar uchun hijob majburiyati mavjud emasligini qayd etdi.

 

Plakolmning ma’lum qilishicha, qonuniy taqiq joriy etilishi bilan birga, o‘quvchilarga psixologik yordam ko‘rsatish, zarurat bo‘lsa, ota-onalar bilan suhbat o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, maktablar bolalar va yoshlarni himoya qilish bo‘yicha agentliklarni ham jalb etishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham jamoat joylarida yuzni tanib olishga to‘sqinlik qiluvchi kiyimlarni, jumladan hijobni taqiqlovchi qonunni imzolagan edi. Rasmiylar bu chorani xavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan izohlashgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Avstriyada 14 yoshgacha bo'lgan qizlarga hijob taqiqlanishi mumkin | Zamon.uz