Bugun O‘zbekiston aholisi 38 mln bo‘ldi
Aholining ko‘pchilik qismini erkaklar tashkil etadi.

Bugun, 2025 yilning 28 avgust kuni soat 9:35 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 million nafardan oshdi. Bu haqida Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy saytida berilgan maʼlumotlarda qayd etilgan.
Shulardan 18 863 202 nafari — ayollar, 19 136 802 nafari — erkaklar.
Taʼkidlanishicha, 1 iyul holatiga ko‘ra mamlakat aholisi 37 859 795 nafarni tashkil etgan.







