Jahon

Eronda turkcha ism qo‘yilgan chaqaloqqa guvohnoma berilmadi

Oila sudga murojaat qilgan bo‘lsa-da, ish hali ko‘rib chiqilmagan.

Eronda turkcha ism qo‘yilgan chaqaloqqa guvohnoma berilmadi

“Free Iran” kanalining xabar berishicha, Eronning Julfa shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa turkcha ism qo‘yilgani bois tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilmagan. Oila farzandiga Alixon ismini tanlagan, biroq Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limi mazkur ismni tizimda mavjud emasligi va “turk-arab kelib chiqishli” ekani sababli ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan.

 

Chaqaloq 2-iyun kuni dunyoga kelgan bo‘lsa-da, oradan 85 kun o‘tgach ham hujjatlar rasmiylashtirilmagan. Shu sababli bolaga emlash va boshqa zarur tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Ota-onalar mazkur qarordan norozi bo‘lib sudga murojaat qilgan, biroq jarayon hali boshlanmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Eron Prezidenti Masud Pezeshkian avvalroq turkcha ismlar bo‘yicha taqiqlarni bekor qilishni topshirgan edi. Bunga ozarbayjon turklari tomonidan boshlangan “Boboning ismi” va “Chaqaloq nomi” kabi aksiyalar sabab bo‘lgan. Mazkur tashabbuslar doirasida 15 mingdan ortiq fuqaro petitsiya imzolagan va turkcha ismlarga ruxsat berilishini so‘ragan.

 

Shunga qaramay, ayrim hududlarda hali ham turkcha ismlar ro‘yxatga olinmayotgani kuzatilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eronda turkcha ism qo‘yilgan chaqaloqqa guvohnoma berilmadi | Zamon.uz