Jahon

Rossiyada kameralar odamlarning millatini aniqlay boshladi

Sankt-Peterburgda 50 ming kamera odamlarning umumiy etnik xususiyatlarini farqlay oladigan texnologiya bilan jihozlandi.

Rossiyada kameralar odamlarning millatini aniqlay boshladi

Sankt-Peterburg shahrida yuzni aniqlash texnologiyasiga ega bo‘lgan videokuzatuv kameralar yangi funksiyalar bilan jihozlandi. Axborot texnologiyalari qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Igor Nikonovning ma’lum qilishicha, 2025-yil mart oyidan boshlab 50 mingga yaqin kamera insonlarning Kavkaz, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Osiyo va Yevropa qiyofasi, shuningdek, negroid irqiga xos belgilarini farqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Rasmiylarning qayd etishicha, ushbu tizim millatni aniq aniqlay olmaydi, balki faqat umumiy etnik belgilarni ajrata oladi. Mazkur imkoniyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga migrantlar klasterlarini aniqlash, noqonuniy yashash joylarini kuzatishda yordam berishi ko‘zda tutilgan.

 

Shu bilan birga, qo‘mita vakillari tajriba natijalari haqida yakuniy xulosa chiqarish uchun hali erta ekanini ta’kidlashdi. Jinoyatlarning ochilishi va kuzatuv samaradorligi bo‘yicha statistik ma’lumotlar yil oxirida e’lon qilinadi.

 

Mazkur tashabbus 2025-yil fevralida ko‘tarilgan bo‘lib, davlat idoralari o‘rtasida keng muhokama va bahslarga sabab bo‘lgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada kameralar odamlarning millatini aniqlay boshladi | Zamon.uz