Ayrim toifadagi IIO xodimlari va oila aʼzolariga uy beriladi
Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori eʼlon qilindi.

28-avgustdagi hukumat qaroriga ko‘ra, 2022 yil 4 iyulgacha xizmat muddatini to‘liq o‘tab pensiyaga chiqqan yoki xizmat davrida kasallik sabab rezervga yoki isteʼfoga chiqarilgan ichki ishlar organlari pensionerlari davlat hisobidan uy-joy bilan taʼminlanadi. Agar ularning nomida shaxsiy turarjoy bo‘lmasa, ushbu huquq ularning oila aʼzolariga ham taalluqli.
Shuningdek, vafot etgan xodimlar va pensionerlarning oilalari ham shu imtiyozdan foydalanishi mumkin. Qarorga ko‘ra, beriladigan uy-joylar davlat hisobidan ajratilib, to‘liq ularning mulki sifatida rasmiylashtiriladi.
Mazkur tartib ichki ishlar tizimida uzoq yillar xizmat qilgan, ammo shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan xodimlar va ularning yaqinlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Qonunchilikka kiritilgan ushbu o‘zgarish ichki ishlar organlarida xizmatning nufuzini oshirish va kadrlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.







