Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi
“Binxay” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini XXR transport vaziri Lyu Vey va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga rasman tashrif bilan Tyanjin shahriga keldi.
“Binxay” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini XXR transport vaziri Lyu Vey va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmonlar sharafi uchun ikki davlat bayroqlari hilpiratildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz 31-avgust – 1-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda “ShHT+” formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.
Sammit davomida Shavkat Mirziyoyev ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tashkilot faoliyatini yanada samarali qilishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.







