Siyosat

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Tyanjinda o‘tkazilgan ShHT sammiti tadbirlarida qatnashdi

Tadbirda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari hamda BMT Bosh kotibi ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Tyanjinda o‘tkazilgan ShHT sammiti tadbirlarida qatnashdi

31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turmush o‘rtog‘i bilan birga Xitoyning Tyanjin shahridagi “Meytszyan” kongress markazida o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.

 

Mazkur tadbirlarda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkian, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, shuningdek Misr, Kambodja, Nepal, Armaniston hukumatlari rahbarlari va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham qatnashdi.

 

O‘zbekiston rahbari va turmush o‘rtog‘ini Xitoy Raisi Si Szinpin va uning rafiqasi samimiy kutib oldi. Tadbir yakunida xorijiy yetakchilarga Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanjin sammitiga bag‘ishlangan madaniy dastur taqdim etildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Tyanjinda o‘tkazilgan ShHT sammiti tadbirlarida qatnashdi | Zamon.uz