O'zbekiston

O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Vatanga qasamyod” marosimlari bo‘lib o‘tdi

Marosimlar Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Harbiy aviatsiya instituti, Aloqa va AKT instituti hamda Harbiy tibbiyot institutida o‘tkazildi.

O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Vatanga qasamyod” marosimlari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 1-sentabr kuni joriy yilda Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining tantanali “Vatanga qasamyod” tadbirlari boʻlib oʻtdi.

 

Xususan, erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida mazkur oliy harbiy taʼlim muassasasiga yangi qabul qilingan kursantlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

 

Tantanali tadbirlarda mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov, Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a’zolari, harbiy xizmatchilar, ota-onalar va kursantlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar kursantlarni ona Vatanni qoʻriqlash kabi sharafli kasbni egallash yoʻlidagi ilk qadamlari bilan qutladi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida ham kursantlar Vatanga qasamyod keltirish uchun saf tortdi.

 

Shu bilan birga, Harbiy aviatsiya instituti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Harbiy tibbiyot institutida ham “Vatanga qasamyod” tantanalari yuqori saviyada oʻtkazildi.

 

Institutlarda o‘tkazilgamn marosimlarda keng jamoatchilik vakillari yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi yoʻlidagi islohotlar haqida gapirar ekan, barchaning oʻqish va keyingi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Kursantlar davlatimizning muqaddas ramzi boʻlgan bayroqni oʻpib, buyuk ajdodlarning pok ruhlari oldida, Vatani oldidagi burchini halol bajarishga bel bogʻlab, vijdoni, or-nomus va shaʼnini oʻrtaga qoʻyib, Oʻzbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq boʻlishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali ravishda ont ichdi.

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Vatanga qasamyod” marosimlari bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz