Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin
Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

2026-yil 24-noyabr kuni soat 00:00 dan 05:00 ga qadar Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialining ma’lum qilishicha, bu vaqtda 110/10/6 kV kuchlanishli «Vistavochnaya» podstansiyasida rele himoyasi va avtomatika qurilmalarini tekshirish ishlari olib boriladi.
Mazkur ishlar davomida quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin:
Olmazor tumani:
- “Quyosh” MFY
- “Allon” MFY
- “Chustiy” MFY
- “Orzu” MFY
- “Ziyo” MFY
- “Universitet” MFY
- “Chimboy” MFY
- “Zamondosh” MFY
Shayxontohur tumani:
- “Bog‘ ko‘cha”
- “Yangi shahar”
- “Ilg‘or”
- “Zafarobod”
- “Bo‘ston”
- ”Manon uyg‘ur”
- ”Tinchlik”
- ”Jar ariq “
- “Obinazir” MFYlar
Filial yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘rab, tushunganliklari uchun minnatdorlik bildirgan.








