Siyosat

O‘zbekistonning SHHTdagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda

O‘zbekistonning SHHTdagi ishtiroki – tasodifiy tanlov emas, balki strategik jihatdan asoslangan qarordir.

O‘zbekistonning SHHTdagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda

2025-yil 31-avgust – 1-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tyanjin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida ishtirok etdi.

 

Sammit va unga oid tadbirlarda 20 dan ortiq mamlakat rahbarlari hamda 10 ta xalqaro tashkilot vakillari qatnashdi.

 

O‘zbekiston SHHTni jahon siyosati va iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadigan nufuzli xalqaro tuzilma sifatida e’tirof etdi. Mamlakatimizning tashkilot faoliyatidagi ishtiroki milliy manfaatlarga to‘la mos kelib, xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston SHHT asoschilaridan biri sifatida tashkilot doirasida faol ishtirok etib, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik hamda raqamlashtirish sohalarida qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Xususan, O‘zbekistonning faol ishtiroki tufayli bir qator muhim mexanizmlar shakllandi, tashkilot faoliyati yanada takomillashtirildi. 2022-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti bu yo‘nalishda yangi bosqichni boshlab berdi.

 

O‘zbekiston SHHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash orqali pragmatizm, milliy xususiyatlarga hurmat va barqaror taraqqiyotga intilish asosida mintaqaviy hamkorlikning yangi standartini qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

Shu ma’noda, O‘zbekistonning SHHTdagi faoliyati – tasodifiy tanlov emas, balki mamlakat xavfsizligi, iqtisodiy yuksalishi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan strategik qarordir.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekistonning SHHTdagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda | Zamon.uz