Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti ushbu sammitda xavfsizlik, iqtisodiyot va transport-logistika bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Tyanjin shahrida o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Tadbirga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin raislik qildi.

 

Sammitda ShHT doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, tashkilot faoliyatini takomillashtirish istiqbollari hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega masalalar muhokama qilindi.

 

Xitoy Raisi Si Szinpin Prezident Shavkat Mirziyoyev va xalqimizni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, O‘zbekistonning izchil taraqqiyotini yuksak baholadi.

 

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida global noaniqlik sharoitida ShHT davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va birdamlikning muhimligini ta’kidladi. U tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish, yangi a’zolarni jalb qilish, xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika, yashil transformatsiya va madaniy aloqalarni kengaytirishga oid qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Xususan, yadroviy xavfsizlik bo‘yicha deklaratsiya qabul qilish, “ShHT – Afg‘oniston” muloqot guruhini qayta faollashtirish, savdo- iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, “ShHT yagona transport makoni” konsepsiyasini ishlab chiqish, “ShHT universiteti” onlayn kampusini yaratish, xalq ijodi festivallari, turizm va tibbiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish taklif qilindi.

 

Sammit yakunida Tyanjin deklaratsiyasi, ShHTni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi hamda ko‘plab muhim ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi | Zamon.uz