Siyosat

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida keng qamrovli hujjatlar to‘plami imzolandi

Imzolangan hujjatlar davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklikning yangi darajasiga olib chiqadi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida keng qamrovli hujjatlar to‘plami imzolandi

Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tashrif doirasida qator muhim hujjatlar imzolandi, jumladan:

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini uyg‘unlashtirish bo‘yicha hamkorlik dasturi;

 

Madaniyat markazlarini o‘zaro tashkil etish to‘g‘risida bitim;

 

Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

 

Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi boshqa qator kelishuvlar ham imzolandi. Jumladan:

 

O‘zbekistonga zemsnaryad texnikalari yetkazib berish loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish;

 

Texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;

 

Mahsulotlar muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida;

 

O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksporti bo‘yicha fitosanitariya talablarini belgilash;

 

Kosmik fan va texnologiyalar sohasida tinchlik maqsadlarida hamkorlik to‘g‘risida;

 

Raqobat siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risida;

 

Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish;

 

Raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida sheriklikni rivojlantirish;

 

Samarkand viloyati va Tyanjin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risida bitim;

 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv.

 

Mazkur hujjatlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqib, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"