O'zbekiston

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish keskin kamaydi

Ishlab chiqarish va importning qisqarishi ko‘plab mahsulotlar tannarxiga ham ta’sir ko‘rsatishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish keskin kamaydi

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada qisqardi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida 165,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 ming tonnaga kam.

 

So‘nggi uch yil ichida shakar ishlab chiqarish bosqichma-bosqich kamayib bormoqda: 2023-yilda 332,6 ming tonna, 2024-yilda esa 227,8 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan edi. Import hajmida ham pasayish kuzatilmoqda. 2025-yilning 1-may holatiga ko‘ra, mamlakatga 223,9 million dollarlik shakar va konditer mahsulotlari import qilingan — bu o‘tgan yilga nisbatan 25,9 foiz kam.

 

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, 11–17-avgust kunlari 3 146 tonna shakar sotilgan, kunlik o‘rtacha savdo hajmi esa 629 tonnani tashkil qilgan. Shu davrda birja narxlari 12 720–12 870 so‘m atrofida bo‘lgan. Mutaxassislar ichki bozor ta’minoti qisqarishi fonida narxlarning oshishi, noqonuniy savdo holatlarining kuchayishi va spekulyativ narx belgilash xavfi borligini ta'kidlashmoqda.

 

Ekspertlarga ko'ra, ishlab chiqarish va importning qisqarishi qandolat, ichimlik, non va konservalar kabi ko‘plab mahsulotlar tannarxiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa oziq-ovqat bozorida narxlarning o‘sishiga olib kelishi, bozorning importga yanada ko‘proq qaram bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.