Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pekinda harbiy parad marosimida ishtirok etdi

Tadbirga yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va delegatsiyalari tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev Pekinda harbiy parad marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev 3-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Pekin shahrining markaziy maydoni – Tyananmen maydonida bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushida Qozonilgan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy parad marosimida ishtirok etdi.

 

Mazkur tadbirga yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va rasmiy delegatsiyalar, jumladan Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Vetnam, Misr va boshqa mamlakatlar yetakchilari tashrif buyurdi.

 

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘z nutqida tarixiy xotirani asrab-avaylash, tinchlikni mustahkamlash va adolatni ta’minlash bugungi sharoitda dolzarb vazifa ekanini alohida ta’kidladi.

 

Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi ishtirok etib, mamlakat mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy raketa tizimlari, zirhli texnikalar, harbiy aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng so‘nggi namunalari namoyish qilindi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Pekinda bunday harbiy paradlar 1949-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Oxirgi katta ko‘rik 2019-yil 1-oktabrda o‘tkazilgan bo‘lib, unda 15 mingga yaqin harbiy xizmatchi qatnashgan edi.

 

O‘zbekiston Prezidentining Pekindagi tantanali marosimda ishtiroki mamlakatimizning xalqaro maydonda tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida do‘stlik, hamkorlik hamda o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qaratilgan izchil tashqi siyosatining yaqqol tasdig‘i bo‘ldi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Pekinda harbiy parad marosimida ishtirok etdi | Zamon.uz