Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi tashrifini yakunlab, Toshkentga jo'nab ketdi

Pekin safarida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, ShHT sammitida muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi tashrifini yakunlab, Toshkentga jo'nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

 

Davlatimiz rahbari tashrif davomida keng qamrovli uchrashuvlar, sammitlar va muzokaralarda ishtirok etdi.

 

31-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev turmush o‘rtog‘i bilan birga Tyanjin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida qatnashdi.

 

1-sentabr kuni esa ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “ShHT+” formatidagi uchrashuvda so‘zga chiqib, ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

 

2-sentabr kuni Pekin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasida rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

 

Davlatimiz rahbari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Shu bilan birga, Xitoy Bosh vaziri Li Tsyan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari bilan samarali muloqotlar o‘tkazildi.

 

3-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Pekin shahrida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradda ishtirok etdi.

 

Rasmiy tashrif yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib ketdi. Oliy martabali mehmonni Xitoy tomoni tantanali ravishda kuzatib qo‘ydi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi tashrifini yakunlab, Toshkentga jo'nab ketdi | Zamon.uz