Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovni qabul qildi

Uchrashuv yakunida metallurgiya, farmatsevtika, logistika va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, jumladan, Sankt-Peterburg bilan iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari muhokama qilindi.

 

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, hududlar darajasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkentda Ishbilarmonlik markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etish loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.

 

Uchrashuv doirasida metallurgiya, uskunasozlik, yo‘l qurilishi, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, logistika hamda boshqa yo‘nalishlarda 23 ta qo‘shma loyiha bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.

 

Shuningdek, xususiy tibbiyot, ta’lim, kommunal xo‘jalik, raqamli texnologiyalar, migratsiya va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

 

Tomonlar faol gumanitar aloqalarni davom ettirish, qo‘shma madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazishga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birga, joriy yilning oktyabr oyida ikki mamlakat hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishini samarali o‘tkazishga doir chora-tadbirlar kelishib olindi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovni qabul qildi | Zamon.uz