Jahon

Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

Markaziy Osiyoga hali hech bir AQSh prezidenti rasmiy tashrif bilan kelmagan edi.

Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Trampning Markaziy Osiyoga tashrif buyurishi ehtimoli yuzasidan muhokamalar kuchaymoqda. 7 sentabr kuni Oq uy yonidan US Open tennis musobaqasiga yo‘l olayotganda Trampga Qozog‘istonga borish rejalari haqida savol berilganida, u “Ehtimol. U yaxshi inson, salom ayting” deya javob qaytargan. Biroq Tramp Qozog‘iston yoki prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev nomini aniq tilga olmagan.

 

Shu bilan birga, 5 sentabr kuni Tramp va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tgan edi. Unda Mirziyoyev AQSh prezidentini O‘zbekistonga “qulay vaqtda” tashrif buyurishga taklif qilgan. Vashingtondagi manbalarga ko‘ra, hozircha Markaziy Osiyoga rasmiy safar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

 

O‘zbekiston Trampning ikkinchi prezidentlik muddatida Oq uy bilan faol muloqot o‘rnatishga intilayotgan eng faol davlat sifatida ko‘rilmoqda. Aprel oyida tashrif buyurgan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonga rasmiy taklif topshirgan, Tramp esa Mirziyoyev bilan telefon orqali ham iqtisodiy hamkorlik, xususan, muhim minerallar masalasini muhokama qilgan.

 

Qozog‘iston ham AQSh bilan aloqalarni mustahkamlash tarafdori bo‘lsa-da, ayrim savdo masalalarida kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda. Shu bois Trampning qisqa izohi qo‘shni davlat matbuotida katta muhokamalarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, uning qaysi mamlakatga safar qilishi hanuz noaniq.

 

Markaziy Osiyo hali hech bir AQSh prezidenti tomonidan rasmiy safar bilan ziyorat qilinmagan yagona mintaqa hisoblanadi. Agar Tramp tashrifni amalga oshirsa, u Fransiya, Germaniya va Italiya rahbarlaridan keyin mintaqaga yo‘l olgan navbatdagi G‘arb yetakchisiga aylanadi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.