Jahon

Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasi uydan majburan chiqarildi

Sud qaroriga muvofiq, sobiq prezident Almazbek Atambayevning mol-mulki, jumladan, Qo‘y-Toshdagi uy musodara qilindi.

Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasi uydan majburan chiqarildi

Qirg‘iziston Davlat mulkini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, sud qarori asosida sobiq prezident Almazbek Atambayevning oilasi yashab kelgan Chuy viloyatining Alamudin tumaniga qarashli Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uy va yer maydoni davlat tasarrufiga qaytarildi. Sobiq prezident Almazbek Atambayevning oilasi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyidan majburan chiqarib yuborilmoqda.

 

Agentlik vakillarining ta’kidlashicha, ushbu hudud endilikda ijtimoiy ehtiyojlarga xizmat qiladigan obyektlarga ajratiladi. Rejalarga ko‘ra, u yerda qariyalar uyi va bolalar bog‘chasi qurilishi belgilangan.

 

Ma’lumot uchun 2025-yil 3-iyun kuni Bishkek shahrining Birinchi May tuman sudi Almazbek Atambayevni 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqidagi hukmni e’lon qilgan. Shu bilan birga, sud qaroriga ko‘ra, sobiq prezidentning bir qator mol-mulklari, jumladan Qo‘y-Toshdagi uyi musodara qilinib, davlat mulkiga o‘tkazilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayev Qirg‘izistonning 2011–2017-yillarda davlat rahbari bo‘lgan. U prezidentlikdan ketganidan keyin ham faol siyosiy maydonda qolgan va turli jinoyat ishlarida gumonlanuvchi sifatida tilga olingan.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.