Siyosat

O‘zbekiston va BMT strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, keng qamrovli sheriklikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va BMT strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi

23-sentabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muloqotda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha milliy vazifalar doirasida BMT bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Antoniu Guterrishni BMTning yubiley sessiyasi bilan tabriklab, tashkilot tizimini zamonaviy jarayonlarga mos ravishda isloh qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasida hamkorlik misli ko‘rilmagan yuqori darajaga chiqqani ta’kidlandi. Bugungi kunda 160 dan ortiq dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Yaqin kunlarda besh yillik yangi Hamkorlik dasturi imzolanishi kutilmoqda.

 

O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilingan. Mamlakatimiz BMTning bir qator nufuzli tuzilmalariga – ECOSOC, Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mita, Statistika komissiyasiga a’zo etib saylandi.

 

Shuningdek, 24-sentabr kuni BMT bosh qarorgohida bolalar saratoni va boshqa og‘ir kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha yuqori darajadagi forum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. O‘z navbatida, Samarqand shahrida UNESCOning 43-Bosh konferensiyasiga ham qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bosh Assambleyadagi nutqini yuksak baholab, unda ilgari surilgan barqaror rivojlanish, sun’iy intellekt, yoshlar, madaniyatlararo muloqot va boshqa sohalardagi tashabbuslarning global ahamiyatini alohida qayd etdi.

 

Uchrashuv yakunida ustuvor yo‘nalishlarda keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirish, hamkorlikning yangi dastur va loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va BMT strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi | Zamon.uz