Jahon

Tramp Netanyaxuni “negativchi” deb atadi

U Netanyaxuning sovuqqonligini tanqid qildi.

Tramp Netanyaxuni “negativchi” deb atadi

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasi muhokamasi chog‘ida qo‘pol ibora bilan murojaat qilgan. Bu haqida Axios nashri AQSH hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-oktabr kuni Hamas vakillari Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha taklifini shartli ravishda ijobiy qabul qilganida, Tramp buni muhim yutuq sifatida ko‘rib, Netanyaxuga qo‘ng‘iroq qilgan. Ammo Isroil bosh vaziri bu javobni sovuqqonlik bilan qabul qilib, bayram qilishga hali erta ekanini aytgan.

 

Netanyaxuning bu ohangi Trampni g‘azablantirgan va u Netanyaxuga: “Sen doimo juda salbiysan. Bu g‘alaba, uni qabul qil”, degan. Manbalar aslida Tramp yanada qo‘polroq so‘z ishlatganini qayd etmoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, bu tortishuv Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasi unga qanchalik muhim ekanini va uni o‘zining diplomatik yutug‘i sifatida ko‘rishga intilayotganini ko‘rsatadi.

 

Trampning rejasi 29-sentabr kuni, u va Netanyaxu Vashingtonda uchrashganidan so‘ng e’lon qilingan edi. 20 banddan iborat hujjatda barcha isroillik garovdagilarni ozod qilish, Hamasning taslim bo‘lishi, G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazishga ruxsat berish hamda hududni vaqtincha xalqaro organlar nazoratidagi ma’muriyatga topshirish ko‘zda tutilgan.

 

Ammo Netanyaxu xavfsizlik kafolatlari va demilitarizatsiya masalalarida qo‘shimcha shartlarni ilgari surgani sababli tomonlar o‘rtasida keskinlik yuzaga kelgani qayd etilmoqda.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.