Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etdi

Davlat rahbari sammitda iqtisodiy, transport, energetika va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 10 dan ortiq tashabbuslarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etdi. Tadbir Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov ishtirok etdi.

 

Sammit kun tartibida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari o‘z nutqida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi. Prezident Mirziyoyev Rossiyani O‘zbekiston uchun muhim, ustuvor strategik sherik va ishonchli ittifoqchi sifatida e’tirof etdi.

 

– Rossiya biz uchun muhim strategik sherik bo‘lib kelgan, shundayligicha qoladi. Umumiy tarix, madaniyat va xalqaro do‘stlik aloqalari bunday sheriklikning barqaror poydevorini tashkil etadi, – dedi O‘zbekiston rahbari.

 

Prezident Mirziyoyev global geosiyosiy beqarorlik sharoitida “Markaziy Osiyo – Rossiya” formati mintaqaviy barqarorlikni saqlashda muhim platforma sifatida ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi, jumladan:

 

  • 2027-yilgacha mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish doirasida “yo‘l xaritasi” tayyorlash;

 

  • qaror va loyihalar ijrosini muvofiqlashtirish uchun hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish;

 

  • savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida “Markaziy Osiyo – Rossiya agroekspressi” loyihasini yo‘lga qo‘yish;

 

  • avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya tarmoqlarini uyg‘unlashtirish orqali Transport-logistika konturini ishlab chiqish;

 

  • Buxoro shahrida “Markaziy Osiyo – Rossiya” sanoat injiniring xabini tashkil etish;

 

  • “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazma-forumiga mintaqaning yetakchi sanoat va innovatsion maydoni maqomini berish;

 

  • Atom energetikasi bo‘yicha mintaqaviy kompetensiyalar markazini O‘zbekistonda tashkil etish va Moskva muhandislik-fizika instituti negizida kadrlar tayyorlash dasturini yo‘lga qo‘yish;

 

  • “Markaziy Osiyo – Rossiya energetika sherikligi” kompleks dasturini ishlab chiqish;

 

  • sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha Mintaqaviy ekspert kengashini tuzish hamda “Skolkovo” markazining mintaqaviy filiallarini ochish;

 

  • “Kelajak muhandislari” ilmiy-ta’lim konsorsiumini tashkil etish va yosh olimlar uchun maxsus grant dasturini joriy etish;

 

  • har yili Etnomadaniyat forumi – Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyat festivalini o‘tkazish.

 

Shuningdek, O‘zbekiston rahbari terrorizm, ekstremizm, kiberxavf va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, hamda Afg‘oniston masalasi yuzasidan yuqori darajadagi maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

 

Sammit yakunida “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlikni 2025–2027-yillarda yanada chuqurlashtirishga qaratilgan Qo‘shma kommyunike va Harakatlar rejasi qabul qilindi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etdi | Zamon.uz