Siyosat

AQShda “Markaziy Osiyo – AQSh” sammiti o‘tkazilishi mumkin

AQSh kongressmenlari Trampni C5+1 diplomatik formatining 10 yilligi munosabati bilan Markaziy Osiyo yetakchilari ishtirokida sammit o‘tkazishga chaqirdi.

AQShda “Markaziy Osiyo – AQSh” sammiti o‘tkazilishi mumkin

AQSh Kongressi a’zolari Donald Trampni Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida yuqori darajadagi sammit o‘tkazishga chaqirdi.

 

Kongress a’zolari Sidni Kamlager-Dav va Bill Hyuizinga AQSh prezidenti Donald Tramp nomiga yo‘llagan murojaatlarida “Markaziy Osiyo – AQSh” (C5+1) diplomatik formatining 10 yilligi munosabati bilan Vashingtonda sammit tashkil etishni taklif qilishdi. Bu haqda Kamlager-Davning rasmiy saytida ma’lum qilingan.

 

“Mazkur sammitda prezident Trampning shaxsan ishtiroki C5+1 formatining 10 yilligini muhim diplomatik voqelikka aylantiradi va AQSh hamda Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning keyingi o‘n yillikdagi yo‘nalishlarini belgilab beradi”, — deyiladi murojaatda.

 

Eslatib o‘tamiz, “Markaziy Osiyo – AQSh” (C5+1) formati 2015-yil noyabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvidan so‘ng yo‘lga qo‘yilgan. Platforma AQSh hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston o‘rtasidagi muloqot va strategik hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

So‘nggi yillarda mazkur format doirasida energetika, xavfsizlik, iqlim o‘zgarishi va iqtisodiy barqarorlik masalalari muhokama qilinib kelinmoqda. 2023-yil sentabrida esa Nyu-Yorkda C5+1 formatidagi birinchi prezidentlar uchrashuvi o‘tkazilgan edi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

AQShda “Markaziy Osiyo – AQSh” sammiti o‘tkazilishi mumkin | Zamon.uz