Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Belgiya Qiroli Filipp Bryusselda muzokara o‘tkazdi

Bryusseldagi uchrashuv yakunida Prezident Qirol Filippni O‘zbekistonga taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Belgiya Qiroli Filipp Bryusselda muzokara o‘tkazdi

Bryussel shahriga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belgiya Qirolligi Qiroli Filipp bilan Laken saroyida uchrashuv o‘tkazdi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Qirol Filipp O‘zbekiston rahbarining Yevropa Ittifoqi rahbariyati bilan muzokaralari natijalarini yuqori baholab, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi tarixiy bitim imzolangani munosabati bilan samimiy tabrik so‘zlarini bildirdi.

 

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning izchil rivojlanib borayotgani, vazirlar darajasida faol muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani, siyosiy maslahatlashuvlar muntazam o‘tkazilayotgani va parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

 

Madaniy-gumanitar sohada hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Toshkent–Kortreyk va Samarqand–Lyej shaharlarida birodarlik aloqalari o‘rnatilgan, Kortreyk shahrida buyuk alloma Abu Ali ibn Sino byusti ochilgan.

 

Belgiya kompaniyalari O‘zbekistonda to‘qimachilik, logistika va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili Toshkentda Benilyuks mamlakatlari savdo palatasi ish boshladi.

 

Tomonlar yaqin kelajakda Belgiya ishbilarmonlari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda madaniy almashinuv dasturlarini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.

 

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirol Filippni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Belgiya Qiroli Filipp Bryusselda muzokara o‘tkazdi | Zamon.uz