“AQSh–Markaziy Osiyo” sammiti sanasi va o‘tkazilish joyi e’lon qilindi
Sammitda Donald Tramp va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari ishtirok etadi.

6-noyabr kuni AQSh poytaxti Vashington shahrida “AQSh–Markaziy Osiyo” (C5+1) formatidagi sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, davlat rahbari AQSh prezidenti Donald Trampga sammitga taklif uchun minnatdorchilik bildirgan. To‘qayev, shuningdek, Qozog‘iston Trampning ichki va tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillarni — sog‘lom fikrga asoslangan an’anaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, global tinchlik va xavfsizlikni saqlashga intilishini — qadrlashini ta’kidlagan.
Mazkur uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.








