Siyosat

O‘zbekiston va Serbiyaning birinchi xonimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda gumanitar va madaniy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Serbiyaning birinchi xonimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

28-oktabrda O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Serbiya Respublikasining Birinchi xonimi Tamara Vuchich o‘rtasida Toshkent shahrida samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, gumanitar va madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich o‘rtasidagi yuqori darajadagi muzokaralar natijalari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va do‘stlikni mustahkamlashiga ishonch bildirildi.

 

Suhbatdan so‘ng, O‘zbekiston Birinchi xonimi mehmonga O‘zbekiston xalq amaliy san’ati va an’analarini aks ettiruvchi maxsus madaniy dastur taqdim etildi.

 

Uchrashuv do‘stona va ishonchli muhitda o‘tib, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga bo‘lgan qat’iy iroda yana bir bor tasdiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich uchun Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi. Ikki davlat delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari tomonidan Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Serbiyaning birinchi xonimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz