Finlyandiya Prezidenti Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Markazning 1000 ga yaqin loyihasidan 400 tasi xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilmoqda.

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshayotgan mamlakati tashrifi doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bordi. Oliy martabali mehmonni markaz rahbariyati va olimlar kutib olib, majmuaning jahon ilm-fani va islom olamidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Markaz ekspozitsiyalarida namoyish etilayotgan 1000 ga yaqin loyihalarning 400 dan ziyodi xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotganligi, bu esa dunyo olimlarini ilmiy tadqiqotlar sari jalb qilayotgani va birlashtirayotgani qayd etildi.
Finlyandiya Prezidenti muzey va ko‘rgazma zallari bilan alohida qiziqib, O‘zbekistonning madaniy merosi jahonda qanday darajada bebaho ekanligini e’tirof etdi. U markazda yaratilgan muhitda har bir sahna va har bir yoritilgan tafsilotning o‘ziga xos ekanligini ta’kidlab, “Rostini aytganda, bu yerda men beqiyos taassurotlar girdobiga tushib qoldim. Har bir ekspozitsiya, har bir zal, har bir detal chuqur o‘ylangan. Uch ming yillik tarixni bugungi avlodga shu darajada zamonaviy shaklda yetkazib berish – bu yuqori san’at va buyuk mahorat talab etadi”, dedi.
Stubb markaz nafaqat o‘tgan asrlar merosini qayta jonlantirgan, balki kelajak avlod uchun ham ilhom manbaiga aylanganligini, ayniqsa interaktiv namoyishlar va innovatsion texnologiyalar yoshlarni o‘ziga jalb etayotganini ta’kidladi.







