Siyosat

Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv yakunida Odri Azule “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston bilan UNESCO o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Odri Azule O‘zbekiston rahbarini UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini so‘nggi 40 yilda ilk bor tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohi tashqarisida yuqori darajada tashkil etgani bilan tabrikladi. Konferensiya doirasida UNESCOning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mintaqaviy markazi ishga tushirilishi, Beruniy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi, Samarqand shahrining 3000 yilligi munosabati bilan maxsus tadbir, shuningdek, muzeylar, sun’iy intellekt va gender mavzulari bo‘yicha forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada rivojlandi. Birgalikda bolalar ta’limi bo‘yicha butunjahon konferensiyasi o‘tkazildi, Parijda Beruniyning 1050 yilligi nishonlandi va buyuk alloma sharafiga xalqaro mukofot ta’sis etildi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan UNESCOning uchta muhim rezolyutsiyasi qabul qilindi, shuningdek, tashkilotning maxsus ro‘yxatlariga O‘zbekistonning bir qator yangi obyektlari va madaniy qadriyatlari kiritildi.

 

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Odri Azulega fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari hamda xalqimizning boy madaniy merosini keng ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv o‘tkazdi | Zamon.uz