Siyosat

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida 1 milliard yevrolik loyihalar portfeli shakllantirildi

Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida 1 milliard yevrolik loyihalar portfeli shakllantirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

 

Muzokaralar davomida turli darajalardagi siyosiy muloqotlarning jadal rivojlanishi va biznes-sheriklikning faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Ikkala tomon o‘zaro savdo hajmining izchil o‘sishini va iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishini ta’kidladilar. Hamkorlikning amaliy natijalari sifatida mamlakatimizda Xalqaro Nordik universitetining muvaffaqiyatli faoliyati va maktab ta’limi sohasidagi qo‘shma dasturlar misol qilib keltirildi. Yaqinda o‘tkazilgan O‘zbekiston – Finlyandiya biznes-forumi yopilish marosimida umumiy qiymati 1 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan istiqbolli qo‘shma loyihalar portfeli shakllantirilgani e’lon qilindi.

 

Muhokamalarda, shuningdek, tovar ayirboshlashni karrasiga oshirish maqsadida Savdoni moliyalashtirish qo‘shma jamg‘armasini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozorlariga olib chiqish uchun sertifikatlash laboratoriyalarini ochish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Geologiya, energetika, agrosanoat, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, ekologiya va turizm kabi bir qator muhim sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida ahamiyat berildi.

 

2026-yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish va Ishbilarmonlar kengashini ta’sis etish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi. Ta’lim, tibbiyot va mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqilib, kelgusi yilda birinchi Rektorlar va innovatsiyalar forumini o‘tkazish rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida 1 milliard yevrolik loyihalar portfeli shakllantirildi | Zamon.uz