Siyosat

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda gumanitar aloqalar va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi bilan uchrashdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Muloqot davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar qardosh xalqlar farovonligi yo‘lida izchil mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Tomonlar madaniyat, fan va ma’rifat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek yangi tashabbuslarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qilishdi.

 

Saida Mirziyoyeva o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotida uchrashuvning samarali va foydali bo‘lganini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga uchuvchisiz dron hujumlarini qoraladi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari Naxchivondagi dron hujumi masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston tomoni mazkur hujum yuzasidan jiddiy xavotir bildirib, xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

custom img

Oʻzbekiston Prezidenti Kuvayt va Qatar yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi

Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinligi va hududdagi xavflar muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekiston va BAA yetakchilari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

Muloqot davomida mintaqada tinchlikni saqlash va ziddiyatlarni diplomatik yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlandi.

custom img

Baxtiyor Saidov Eron TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

Muloqot davomida tomonlar mintaqadagi vaziyatni muhokama qilib, har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

custom img

Oʻzbekistonning AQSh bilan savdo hajmi 1 mlrd dollardan oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga tashrifi doirasida AQSh savdo vaziri va yetakchi moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHga boradi

Tashrif doirasida davlat rahbari Vashington shahrida boʻlib oʻtadigan Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlat rahbariga tantanali ravishda topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"