Siyosat

UNESCO tuzilmasida Raqamli meros xalqaro institutini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi

O‘zbekiston Prezidenti shuningdek, 2027-yilda Buxoroda UNESCOning ijodiy shaharlar tarmog‘i doirasida Hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazishni taklif etdi.

UNESCO tuzilmasida Raqamli meros xalqaro institutini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi

O‘zbekiston Prezidenti UNESCO doirasidagi amaliy amkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

30-oktabr kuni Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

 

Davlatimiz rahbari anjuman ishtirokchilarini, jumladan, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini, UNESCO Bosh direktori Odri Azule hamda xorijiy hukumatlar rahbarlari va delegatsiyalarni mehmondo‘st O‘zbekiston zaminida samimiy qutladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sessiyaning so‘nggi 40 yilda birinchi marta UNESCOning Parij shahridagi bosh qarorgohidan tashqarida o‘tkazilayotganini ta’kidlab, buni a’zo davlatlarning Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchining yorqin ifodasi deb baholadi. U UNESCOning ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohalarida global hamkorlikni mustahkamlashdagi ortib borayotgan rolini qayd etdi.

 

Samarqandning madaniyatlar, sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgani va insoniyat tarixiga gumanistik g‘oyalar markazi sifatida kirgani ta’kidlanib, anjuman shu shaharda o‘tkazilayotganida chuqur ramziy ma’no borligi urg‘ulandi.

 

Davlatimiz rahbari geosiyosiy keskinlik, harbiy nizolar madaniy merosga ziyon yetkazayotgani hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishdagi tafovut global tengsizlikni kuchaytirayotganini qayd etdi. Bunday murakkab sharoitda birdamlikni mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston UNESCOning ezgu maqsadlariga sodiqligini va Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida konstruktiv hamkorlik ko‘prigi bo‘lib xizmat qilishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.

 

O‘zbekiston UNESCO bilan 2027-yilgacha mo‘ljallangan besh yillik hamkorlik dasturini amalga oshirmoqda. Bugungi kungacha O‘zbekistonning yigirmaga yaqin nomoddiy merosi UNESCO e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida UNESCO faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi:

 1. Ta’lim va Sun’iy Intellekt:

 

  • Alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirish platformasini yaratish.
  • Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish.
  • UNESCO shafeligida “Sun’iy intellekt – maktab” pilot loyihasini amalga oshirish va Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar forumini tashkil etish.

 

 2. Nomoddiy va Raqamli Meros:

 

  • 19-noyabr sanasini Xalqaro hujjatli meros kuni deb e’lon qilish.
  • UNESCO tuzilmasida Raqamli meros xalqaro institutini tashkil etish.
  • 2027-yilda Buxoroda UNESCOning ijodiy shaharlar tarmog‘i doirasida Hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazish.

 

 3. Gender Tenglik va Xotin-qizlarning Yetakchiligi:

 

  • UNESCOning Xotin-qizlar yetakchiligi akademiyasini tashkil etish.
  • Samarqandda Ta’lim, madaniyat va ilm-fan sohalaridagi xotin-qizlarning global forumini o‘tkazish.

 

 4. Iqlim O‘zgarishi va Madaniy Meros:

 

  • “UNESCOning ekologik poytaxti” global tashabbusini ta’sis etish.
  • UNESCO Ijroiya kengashining globallashuv va iqlim o‘zgarishi sharoitida madaniy merosni asrash to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini ishlab chiqish (Xivada xalqaro simpozium o‘tkazishga tayyorlik bildirildi).

 

 5. Mediasavodxonlik va Axborot Makoni:

 

  • Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish.
  • UNESCOning mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks strategiyasini ishlab chiqish.

 

  6. Dinlararo Hamjihatlik:

Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy kabi ilmiy-tadqiqot markazlari salohiyatidan Islom madaniyati va ma’rifatini butun dunyoda tarannum etish maqsadida faol foydalanish.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu forum hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash, o‘zaro ishonch va global sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.

 

“UNESCOning boqiy an’ana va qadriyatlaridan kuch olayotgan “Samarqand ruhi” umumiy taraqqiyot sari yanada birlashishga undaydi,” – deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

 

Anjuman ochilish marosimi yakunida O‘zbekiston va xorij san’at ustalari tomonidan tayyorlangan, o‘zbek mumtoz kuy-qo‘shiqlari va jahon musiqasining sara asarlari zamonaviy talqinda yangragan konsert dasturi namoyish etildi. Bu tadbir O‘zbekistonning yuksak xalqaro nufuzini hamda sivilizatsiyalar muloqotini rivojlantirishga qo‘shayotgan muhim hissasini yana bir bor tasdiqladi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

UNESCO tuzilmasida Raqamli meros xalqaro institutini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi | Zamon.uz