Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 3–4-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qatarga boradi

O‘zbekiston prezidenti Doha shahrida o‘tkaziladigan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha II Jahon sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 3–4-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qatarga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3–4-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qatar davlatiga boradi. Davlat rahbari Doha shahrida o‘tkaziladigan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha II Jahon sammitida ishtirok etadi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

 

Mazkur nufuzli forum Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tashabbusi va taklifi bilan tashkil etilmoqda. Tashrif doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy tengsizliklarni kamaytirish, barqaror rivojlanish va inklyuzivlikni ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

 

Sammit kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

 

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda farqlarni kamaytirish,

 

  • Kopengagen deklaratsiyasi tamoyillariga sodiqlikni mustahkamlash,

 

  • 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jarayonini jadallashtirish,

 

  • milliy strategiyalarni takomillashtirish, ijtimoiy adolat, inklyuzivlik va jamiyat barqarorligini oshirish bo‘yicha kompleks tashabbuslarni amalga oshirish.

 

Forum davlatlar, xalqaro tashkilotlar, BMT institutlari, nodavlat sektor, ekspertlar va biznes vakillarini bir platformada jamlab, konstruktiv muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Sammit yakunida inklyuziv ijtimoiy taraqqiyot bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan Doha deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.