Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSH Eksimbanki rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va AQSH Eksimbanki o‘rtasida qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSH Eksimbanki rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida AQSH Eksport-import banki (EXIM Bank) rahbari Jon Yovanovichni qabul qildi.

 

EXIM Bank — AQSH hukumatining rasmiy eksport-kredit agentligi bo‘lib, Amerika kompaniyalarining xalqaro iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, eksportni sug‘urtalash, kafolatlash va moliyalashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va EXIM Bank o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar tayyorlangan qo‘shma dastur doirasida energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston aviaparkini modernizatsiya qilish, “Boeing” samolyotlarini xarid qilish va yetkazib berish jarayonida EXIM Bankning ishtiroki alohida qayd etildi. Amaliy sheriklikni davom ettirish hamda uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda AQSH Eksimbanki o‘rtasida Qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi va davlat rahbari huzurida tomonlar o‘rtasida hujjatlar almashildi.

 

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga uchuvchisiz dron hujumlarini qoraladi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari Naxchivondagi dron hujumi masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston tomoni mazkur hujum yuzasidan jiddiy xavotir bildirib, xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

custom img

Oʻzbekiston Prezidenti Kuvayt va Qatar yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi

Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinligi va hududdagi xavflar muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekiston va BAA yetakchilari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

Muloqot davomida mintaqada tinchlikni saqlash va ziddiyatlarni diplomatik yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlandi.

custom img

Baxtiyor Saidov Eron TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

Muloqot davomida tomonlar mintaqadagi vaziyatni muhokama qilib, har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

custom img

Oʻzbekistonning AQSh bilan savdo hajmi 1 mlrd dollardan oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga tashrifi doirasida AQSh savdo vaziri va yetakchi moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHga boradi

Tashrif doirasida davlat rahbari Vashington shahrida boʻlib oʻtadigan Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlat rahbariga tantanali ravishda topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSH Eksimbanki rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi