Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligi, kokuslar faoliyati va hududlararo aloqalarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Vashington shahriga tashrifi doirasida AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, parlamentlararo muloqotni kengaytirish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi yillarda sezilarli faollashganini qayd etdilar. Xususan, AQSh Kongressida O‘zbekiston bo‘yicha kokus samarali faoliyat yuritayotgani, kokus tashabbusi bilan har yili o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston kunlari” ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida e’tirof etildi.

 

Muloqot davomida Kongressning oliy darajada erishilgan kelishuvlarni, eng avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi muhim ekani ta’kidlandi.

 

Hududlararo aloqalarni kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari bilan savdo, investitsiya, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv yakunida AQSh Kongressi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, ikki davlat hududlari rahbarlari hamda ishbilarmonlar delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi | Zamon.uz