Siyosat

Shavkat Mirziyoyev “C5+1” sammiti doirasida doimiy Kotibiyat tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston rahbari “C5+1” sammitida savdo, investitsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar bilan chiqdi. Prezident navbatdagi sammitni Samarqandda o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev “C5+1” sammiti doirasida doimiy Kotibiyat tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining rasmiy qarorgohi – Vashington shahridagi Oq uyda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi.

 

AQSH Prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tgan ushbu tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi.

 

Davlatimiz rahbari sammit tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirib, so‘nggi 10 yil davomida “C5+1” mexanizmi mintaqaviy savdo, transport va energetika aloqalarini mustahkamlashda samarali maydonga aylanganini qayd etdi. Mazkur uchrashuv Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi strategik muloqotni yangi bosqichga ko‘tarishi alohida ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston Prezidenti format doirasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan:

 

“C5+1” doirasida muntazam faoliyat yurituvchi Kotibiyatni tashkil etish;

 

davlat idoralari, kompaniyalar va moliya institutlari o‘rtasidagi tizimli muloqotni kuchaytirish uchun vazirlar darajasidagi Investitsiyalar va savdo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish;

 

“Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” jamg‘armasini ishga tushirish;

 

mintaqani Janubiy Kavkaz va Yevropa bilan bog‘lovchi yirik transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amalga oshirishda AQSH bilan hamkorlikni kuchaytirish.

 

Shuningdek, muhim minerallarni izlash, qazib olish va chuqur qayta ishlashni muvofiqlashtirish hamda tayyor mahsulotlarni global yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish uchun Maxsus qo‘mita tuzish taklif qilindi.

 

Qishloq xo‘jaligini zamonaviy Amerika texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish maqsadida Mintaqaviy agrotexnologik innovatsiyalar sherikligini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

 

Gumanitar sohada esa AQSHning yetakchi muzeylarida Markaziy Osiyo davlatlarining boy madaniy merosiga bag‘ishlangan qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish taklif qilindi.

 

Davlatimiz rahbari navbatdagi “C5+1” sammitini Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif etdi.

 

Tadbir yakunida ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev “C5+1” sammiti doirasida doimiy Kotibiyat tuzishni taklif qildi | Zamon.uz