Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Trampga rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etdi

O‘zbekiston va AQSH rahbarlari Oq uyda muzokara o‘tkazib, strategik sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev Trampga rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvdan avval davlatimiz rahbari Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida esdalik uchun qayd yozib qoldirdi.

 

Oval xonada o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Joriy yil sentabr oyida Nyu-Yorkda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan “C5+1” formatida Markaziy Osiyo–AQSH hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni ichki va tashqi siyosatda qo‘lga kiritayotgan yuksak natijalari bilan tabriklab, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi shaxsiy sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

 

O‘z navbatida, AQSH Prezidenti O‘zbekiston yetakchisining tashrif doirasida AQSH hukumati, yetakchi kompaniyalar va moliyaviy institutlar bilan o‘tkazgan mazmunli uchrashuvlarini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Tomonlar qo‘shma tashabbus va loyihalarni ilgari surish uchun samarali institutsional mexanizmlarni yaratish va takomillashtirish muhimligini ta’kidladilar.

 

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Trampga rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etdi | Zamon.uz