Jahon

Eron poytaxtida ichimlik suvi tugamoqda

Suv inqirozi sabab 10 million aholi evakuatsiya qilinishi mumkin.

Eron poytaxtida ichimlik suvi tugamoqda

 

Eron prezidenti Mas'ud Pezeshkian va hukumat rasmiylari Tehronda yuzaga kelgan misli ko‘rilmagan suv inqirozi yuzasidan jiddiy ogohlantirish berdi. Ma’lum qilinishicha, poytaxtda ichimlik suvi zaxiralari keskin kamaygan bo‘lib, ular ikki hafta ichida tugab qolishi mumkin. Holat nazoratdan chiqishi ehtimoli bois, 10 milliondan ortiq aholining vaqtinchalik evakuatsiya qilinishi masalasi muhokama qilinmoqda.

 

Tehron suv ta’minoti kompaniyasi rahbari Behzod Parsiyning bildirishicha, shaharni suv bilan ta’minlab kelayotgan besh asosiy suv omboridan biri — Amir Kabir to‘g‘oni hozirda quvvatining atigi 8 foizi, ya’ni 14 million kub metr suvni saqlab turibdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida mazkur ko‘rsatkich 86 million kub metrni tashkil etgan.

 

Bahor va yoz mavsumlarida yog‘ingarchilikning keskin kamayishi oqibatida suv omborlaridagi suv sathi jiddiy pasaygan. Bu esa yer usti va yer osti suv manbalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Tehronning kunlik suv iste’moli 3 million kub metrga yaqin bo‘lib, so‘nggi kunlarda ayrim hududlarda suv ta’minoti allaqachon cheklana boshlagan.

 

Mutaxassislar ogohlantirishicha, yaqin kunlarda yog‘ingarchilik kuzatilmasa va shoshilinch choralar ko‘rilmasa, poytaxtda yirik gumanitar inqiroz yuzaga kelishi mumkin.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.