Siyosat

Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etiladi

AQSH hududida yangi konsulliklar tashkil etilib, o‘zbek diasporasi bilan hamkorlik kuchaytiriladi.

Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 4–6 noyabr kunlari AQSHga amalga oshirilgan tashrif davomida “C5+1” sammiti doirasida Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu Kengash O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo, investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

 

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

 

1. Strategik biznes tashabbuslari, yirik investitsiya va savdo loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va ularni amalga oshirishni doimiy monitoring qilish;

 

2. O‘zbekistonga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish maqsadida maxsus investitsiya fondini yaratish va uni moliyalashtirish, shuningdek, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) hamda boshqa yirik moliya institutlarini jalb qilish;

 

3. Tarif stavkalarini o‘zaro pasaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish;

 

4. IT-park rezidentlari mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish;

 

5. O‘zbekistonning investitsiya portfeli, jumladan Markaziy bank valyuta zaxiralarining bir qismini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

 

2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasiga maslahatchi-elchi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatchi-elchi Kengash ishini muvofiqlashtirish, yirik va strategik investitsiya hamda savdo loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi. Lavozimga tayinlash va undan ozod qilish hamda reglamentni tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga yuklatilgan.

 

Vakolatli idoralarning vazifalari:

  • Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi birgalikda Kengash faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
  • AQSH hududida yangi konsulliklar tashkil etish va ularni o‘zbek diasporasi bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
  • AQSHda rezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini soddalashtirish, bank orqali mablag‘larni to‘liq va cheklovlarsiz o‘tkazish imkonini yaratish;
  • Kengash tarkibi, reglamenti va faoliyat tartibini belgilash, Amerika ishbilarmonlik va investitsiya hamjamiyati vakillarini jalb etish;
  • O‘zbekiston investitsiya portfeli va valyuta zaxiralarini yuqori likvidli va foydali aktivlarga yo‘naltirish.

 

Mazkur Farmon ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, barcha vazirlik va idoralarga Kengash faoliyati bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z muddatida amalga oshirish buyurilgan.

 

Shu bilan birga, Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi O‘zbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi strategik platformasi sifatida faoliyat olib boradi va ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda muhim vosita hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etiladi | Zamon.uz