Jahon

AQSh Braziliya qahvasiga bojlarni bekor qilishi mumkin

Tramp ma’muriyati qahva narxini pasaytirish uchun tezkor choralar ko‘rmoqda.

AQSh Braziliya qahvasiga bojlarni bekor qilishi mumkin

CNN Brasil xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda Braziliyadan qahva importiga qo‘yilgan bojlarni qayta ko‘rib chiqishi yoki umuman bekor qilishi mumkin. Mazkur masala payshanba kuni Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Vieira va AQSh davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muhokama qilinadi.

 

Manbalarning aytishicha, bojlarni bekor qilish mavzusini aynan Rubioning o‘zi ko‘tarishi kutilmoqda. Chunki Tramp allaqachon mamlakat ichki bozorida qahva narxini pasaytirish bo‘yicha “tezkor choralar ko‘rishni” talab qilgan. Diplomatik doiralarda bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada mustahkamlashi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"