Siyosat

Toshkentda Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

 

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasidagi rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Oliy martabali mehmonni qarshi olish marosimi tantanali ruhda o‘tdi. Aeroport hududida ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari ijro etildi.

 

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev faxriy qorovul safini ko‘zdan kechirdilar hamda ikki tomonlama delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

 

Qozog‘iston Prezidentining davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga — 15-noyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Toshkentda Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz