Siyosat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining Oliy davlatlararo kengashining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda energetika, axborot texnologiyalari, ekologiya va suv resurslarini boshqarish, shuningdek, gumanitar va madaniy almashinuvlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining Oliy davlatlararo kengashining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi

 

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Davlatimiz rahbari yig‘ilishda 2024-yilda ta’sis etilgan Oliy davlatlararo kengash formati o‘zining dolzarbligi va samaradorligini isbotlaganini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgan.

 

Yig‘ilish chog‘ida tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini, ikki tomonlama salohiyatdan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar va sheriklikni kengaytirishga sezilarli turtki beradigan bir qator qarorlar qabul qilindi.

 

O‘zaro savdoning barqaror o‘sishi, tarkibini diversifikatsiya qilish va biznes muhitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 4 milliard dollarga yetgani, bu ko‘rsatkichni 2030-yilgacha 10 milliard dollarga oshirish maqsad qilinganligi qayd etildi. Shu bilan birga, “O‘zKazTreyd” kompaniyasi tashkil etilib, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi.

 

Sanoat kooperatsiyasi sohasida erishilgan yutuqlar alohida e’tirof etildi. Tashrif doirasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi ishga tushiriladi, shuningdek, 1,3 milliard dollarlik muhim loyihalar amalga oshiriladi. Umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq bo‘lgan, jumladan kimyo, geologiya, infratuzilma, logistika va agrosanoat sohalaridagi keng ko‘lamli Sanoat kooperatsiyasi dasturi tayyorlandi.

 

Transport va logistika sohasida tizimli sheriklik ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Yangi transport yo‘laklarini yaratish, portlarda yuk tashishni rag‘batlantirish bo‘yicha birgalikda ish olib borish zarurligi qayd etildi.

 

Energiya resurslarini tashish va qayta ishlash, energiyani tejash, “yashil” texnologiyalar va axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlikni kengaytirish tayyorligi bildirildi. Shuningdek, Transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

 

Gumanitar aloqalar, madaniy va ilmiy hamkorlik ham alohida e’tirof etildi. Joriy yil davomida Olmaota va Ostona shaharlarida qo‘shma madaniy tadbirlar, O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari va Toshkent shahrida Ostona kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Fan va ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi almashinuvlar, oliy ta’lim sohasidagi qo‘shma dasturlar davom ettiriladi.

 

Shuningdek, qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish, tarixiy va madaniy merosni ommalashtirish muhimligi ta’kidlandi. Yig‘ilish kun tartibi yuzasidan Bosh vazirlar o‘rinbosarlari, energetika, transport va madaniyat vazirlarining hisobotlari tinglandi.

 

Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi yakunida bir qator muhim qarorlar qabul qilindi va ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining Oliy davlatlararo kengashining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi | Zamon.uz